Joriy yilning 5-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ‘‘Data Volt’’ kompaniyasi ijrochi direktori Rajit Nanda bilan muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda Saudiya Arabistoni kompaniyasi tomonidan “O‘zbekistonda tijoriy maqsadda ma’lumotlar markazini barpo etish” investitsiya loyihasining joriy holati, amalga oshirilayotgan ishlarning kelishilgan jadvallarga muvofiqligi, shuningdek, uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish doirasida yangi istiqbolli g‘oyalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar va oʻzaro hamkorlik formati boʻyicha kelishib oldilar.