18 May 2023

ACWA Power «yashil» vodorod ishlab chiqarishga 88 million dollar investitsiya kiritadi

Spot xabariga ko‘ra, YeTTBning Samarqanddagi biznes-forumida ACWA Power kompaniyasi yashil vodorod ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Bitimning ikkinchi tomoni sifatida ishtirok etgan “O‘zkimyosanoat” davlat konserni investitsiya loyihasining ayrim tafsilotlarini e’lon qildi. Uning umumiy qiymati taxminiy hisobda 88 million dollarga baholanmoqda.

Bu pul evaziga Saudiya kompaniyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri vodorod ishlab chiqaradigan 20 MVt quvvatga ega suv elektrolizatorini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Uning ishlashi uchun elektr energiyasi 52 MVt quvvatga ega shamol turbinalari tomonidan ishlab chiqariladi.

Taxminiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 3000 tonna vodorodni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ACWA Power «yashil» karbamid ishlab chiqarish uchun uni qayta ishlashni tashkil etish niyatida.

Loyihani ACWA-UKS GH2 qo‘shma korxonasi boshqaradi. Unda Saudiya tomoni 80 foiz, O‘zbekiston tomoni 20 foiz ulushga ega bo‘ladi.

ACWA Power kompaniyasining Oʻzbekistonda “yashil” vodorod ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalari yil boshida maʼlum boʻlgan edi. Korxona Chirchiq shahridagi ammiak zavodida undan ammiak va boshqa mahsulotlarni joyida ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonni yo‘lga qo‘yish niyatida.

2021-yilda Energetika vazirligi ACWA va American Air Products kompaniyalari bilan O‘zbekistonda vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha shartnomalar imzolagan edi. 2022-yil avgust oyida tomonlar yana bir kelishuv – “yashil” vodorodni sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha imzoladilar.