24 May 2024

Britaniya investitsiyalari O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya eksportni moliyalashtirish agentligi (UK Export Finance-UKEF) raisi o‘rinbosari Emma Tomson bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Buyuk Britaniyaning eksportni moliyalashtirish agentligi davlat organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi kredit, kafolatlar, sug’urta, maslahat yordami va boshqa yordamlar ko’rsatish orqali Britaniya tovarlari va xizmatlari eksportini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishdan iborat.

Uchrashuvda Britaniya tomoni O‘zbekistonda avtomobil va temir yo‘llar, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yirik sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Yig‘ilishda ‘‘UKEF’’ raisi o‘rinbosari Emma Tomson O‘zbekistonga rejalashtirilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshib, 3,6 milliard dollarga yetganini ma’lum qildi.