“Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–68-son, 24.04.2026-y.) qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Farmonga ko‘ra, yer uchastkalarini paxtachilik va g‘allachilik ixtisosligi bo‘yicha ijaraga olgan subyektlar jami yer uchastkasining 50 foiz qismiga nisbatan ijara huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechganda yer uchastkasining o‘zida qoladigan qismi uchun yangi tizimda belgilangan huquqlar, majburiyatlar va yangidan 49 yilga ijara huquqiga ega bo‘ladi va bunda subyektlarning:
Qiymati kamida 10 mln AQSH dollari ekvivalentida eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari:
2027-yildan sholi yetishtirishda an’anaviy (sepma) usuldan to‘liq voz kechib, sholini faqat lazerli tekislangan maydonlarga ko‘chat usulida hamda zamonaviy don ekish seyalkalari orqali ekish tartibi joriy etiladi.