22 Dekabr 2023

Oʻzbekiston delegatsiyasi IHTTning “Yevrosiyo haftaligi” yillik forumida ishtirok etdi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Parij shahrida o‘tkazilgan bir qator yirik ikki tomonlama va xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.

Jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning “Yevrosiyo haftaligi” yillik forumida Yevroosiyo davlatlarining bugungi kundagi iqtisodiy rivojlanishi, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish, mintaqa davlatlarining transport-logistika yo‘laklarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston-Fransiya siyosiy maslahatlashuvlari va MEDEF International xalqaro ko‘rgazmasida Fransiya kompaniyalari bilan o‘tkazilgan qo‘shma davra suhbati doirasida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklik aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida IHTT Bosh kotibi M.Kormann va tashkilotning boshqa yuqori lavozimli xodimlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.