2024-yil 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya Senati raisi o‘rinbosari Nur Jazlan Mohamed bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston-Malayziya munosabatlari, xususan, parlamentlararo aloqalar hamisha ijobiy sur’atni namoyon etmoqda.
O‘zaro aloqalarda, ayniqsa iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishida ro‘yobga chiqarilishi zarur bo‘lgan ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.