O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Xitoyning «CITIC GROUP» kompaniyasi qishloq xo‘jaligi departamenti bosh direktori o‘rinbosari Yibo Van boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Vazirlik matbuot xizmati.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Agropark barpo etish loyihasini muhokama qilishdan iborat. Loyiha qiymati 50 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Yig‘ilishda ajratilgan 32 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan obyektlar, xususan:
Ushbu yirik logistika markazi mamlakatimizni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.
Ushbu inshootni yaratishda mamlakatlarimizning hamkorligi quyidagi modelni o’z ichiga oladi:
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston tomoni Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi, jumladan investor vizasi, bepul konvertatsiya, soliq imtiyozlari, shuningdek huquqiy kafolatlar.