17 avgust 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Eskandari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Yanvar–iyun oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 37,5 foizga oshib, 305 mln dollarga yetdi.

Alohida e’tibor 29 ta qo‘shma loyihani ilgari surish, shuningdek, 26–27-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 17-yig‘ilishi va O‘zbekiston–Eron biznes-forumiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro savdoni kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.