Toshkent IEMda investitsiya loyihasi asosida ikkita gaz turbina qurilmalari bunyod etilmoqda, deb xabar beradi Toshkent IEM matbuot xizmati.
Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi bosh pudratchiligi asosidagi mazkur loyihaning umumiy quvvati 64 MVt ni tashkil etadi.
Kuni kecha, Yaponiyaning “Mitsubishi” kompanisidan qurilish maydonchasiga birinchi gaz turbinasi yetkazib berildi.
Loyiha to‘liq ishga tushgach, yiliga 515 mln. kVt/soat elektr energiyasi, 630 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.
Natijada, 219 ming kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinib, 40 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mazkur loyiha Prezidentimizning “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
E’tiborlisi, Toshkent aholisining issiqlik va elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida qurilish ishlarini 2024-yilning birinchi choragida yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.