10 Yanvar 2023

O‘zbekistonda tramvaylar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilgan

Toshkent shahar hokimi infratuzilma, shaharsozlik, jamoat transporti va mahalliylashtirish sohalarida umumiy qiymati 1 milliard yevro bo‘lgan uzoq muddatli dastur bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi. Hujjatda tramvay liniyasining texnik-iqtisodiy asoslari va tramvay vagonlari uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjaev 30-dekabrdagi qarori bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga yaqinda amalga oshirgan rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasining “yoʻl xaritasi”ni tasdiqladi. Hujjat Prezident Administratsiyasining 23-dekabrdagi topshirig‘ini bajarish maqsadida qabul qilingan.

“Yo‘l xaritasi” infratuzilma, shaharsozlik va jamoat transporti, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha 1 milliard yevrolik uzoq muddatli dasturni o‘z ichiga oladi. Fransiyaning Alstom injiniring kompaniyasi xorijiy hamkor sifatida ko’rsatilgan.

Fevral oyiga qadar Toshkentda tramvay liniyasini qurishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, aprelgacha – Fransiya tomoni bilan moliyalashtirish masalalarini ishlab chiqish topshirildi.

2023-yil davomida tramvay vagonlari uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan.