Shu yilning 27-yanvar kuni «POSCO International Textile» MCHJ xorijiy korxonasi kompaniyasi vakillari va Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
«POSCO International Textile» MCHJ XK – 1996-yilda Daewoo International” korporatsiyasi (xozirda POSCO Daewoo korporatsiyasi) tomonidan tashkil etilgan mato va yigiruv iplarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan korxona. 2021-yildan paxta-toʻqimachilik klasteri sifatida faoliyat yuritmoqda.
Muzokaralar davomida xorijiy korxonaning O‘zbekistondagi faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, korxona va fermer xo’jaliklari o’rtasida yuzaga kelayotgan ayrim tashkiliy masalalarni tezkorlikda hal qilish bo’yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro ochiq muloqotni davom ettirish, mavjud masalalarni konstruktiv ruhda hal etish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.