21 Iyun 2023

2023-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining o‘sish sur’ati 120 foizdan oshdi

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi “2023-yilning yanvar-may oylari uchun tovar va xizmatlar eksporti-importi” statistik byulletenini e’lon qildi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, koʻrsatilgan davrda Oʻzbekiston dunyoning 185 ta davlati bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Belgilangan davrda Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi koʻrsatkichi 25,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va bu 2022-yilning shu koʻrsatkichidan 24 foizga yuqoridir.

Eksport 10,5 milliard dollar, import 15,3 milliard dollarni tashkil etdi. Har ikki toifadagi o‘sish sur’atlari 2022-yilning shu davriga nisbatan 120 foizdan oshdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston belgilangan davrda 407,6 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari, shuningdek, 1,72 milliard dollarlik to‘qimachilik va to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan.