Oʻzbekiston Bosh konsulligi diplomatlari Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom okrugi Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi raisi Yang Yanyan bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiya munosabatlarining hozirgi holati, shuningdek, ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar 2026-yil uchun oʻzaro tashriflar va qoʻshma tadbirlar jadvalini ishlab chiqish, shuningdek, biznes vakillari uchun biznes missiyalarini oʻtkazishga kelishib oldilar.
Yang Yanyan Oʻzbekiston bilan hamkorlik darajasini yuqori baholadi va mashinasozlik va avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, turizm kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Bundan tashqari, tomonlar shu yil sentyabr oyida Nannin shahrida boʻlib oʻtadigan CAEXPO koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasining milliy stendi bilan ishtirok etishi boʻyicha tashkiliy choralar toʻgʻrisida kelishib oldilar.