Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) global investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Spot Turizm qo‘mitasiga tayanib.
Tadbir 16-20-oktyabr kunlari shaharda boʻlib oʻtadigan UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtadi. Yig‘ilishda turizm xizmatlari bozorining yetakchi o‘yinchilari, davlat tashkilotlari va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etadi.
Investitsiya forumi turizm sohasining 1200 dan ortiq vakillari uchun maydon yaratadi. Ular orasida potentsial investorlar, innovatsion startaplarning asoschilari va jamoa a’zolari bor.
Sessiya dasturiga ko‘ra, forum 17-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uning yakunlari bo‘yicha qator memorandumlar, bitimlar va shartnomalar, jumladan, investitsiya loyihalariga oid memorandumlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Forumda ishtirok etish uchun UNWTO veb-saytida ro’yxatdan o’tish mumkin. O’rinlar soni cheklangan.