“ICTWeek Uzbekistan” haftaligining birinchi kunida “Startup Summit” loyihasi o‘tkaziladi. Bu haqida “IT Park” matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar beradi.
Tadbir tashrif buyuruvchilarni O‘zbekiston startap ekotizimi, mintaqadagi eng yaxshi startaplar, investorlar va innovatsion kompaniyalar bilan tanishtirishga qaratilgan.
Uning doirasida xorijlik ekspertlar chiqish qilishlari rejalashtirilgan. Tadbir 24-oktabr kuni soat 14:30da boshlanadi.
Loyihada “IT Park»ning startap ekotizimini rivojlantirish bo‘limi rahbari Jahongir Kagirov “Startup Base” platformasining ishga tushirilishi haqida so‘z yuritadi.
“O‘zbekiston startap-ekotizimini ochish: venchur kapitalini jalb qilish va global qamrovni kengaytirish” mavzusidagi panel muhokamasida quyidagi ekspertlar ishtirok etadi:
Shuningdek, “Sturgeon Capital” kompaniyasi hamkori va rahbari Robin Butlerning “O‘zbekistonda venchur ekotizimining 10 yillik imkoniyatlari” haqidagi ma’ruzasi tashkil etiladi. Tadbir dasturi bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Tadbirning yakuniy bosqichida xalqaro venchur fondlari va mahalliy startaplar o‘rtasidagi F2 °F uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Undan ishtirok etishni xohlovchi startap jamoalar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Investorlar uchun ro‘yxatdan o‘tishga havola.
Batafsil ma’lumot bu yerda.