06 iyul 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan joriy investitsiya loyihalari ijrosini o‘rganish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida Urgut va Tayloq tumanlariga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan joriy investitsiya loyihalari ijrosini o‘rganish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida Urgut va Tayloq tumanlariga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Urgut tumanida Buyuk Kompleks City tomonidan amalga oshirilayotgan logistika va erkin savdo markazini tashkil etish loyihasi bilan tanishildi. Mas’ullar loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari, yaratilayotgan infratuzilma hamda uni amalga oshirishning keyingi bosqichlari haqida ma’lumot berdilar.

Shundan so‘ng Tayloq tumanida A. Aliyev Tadbirkorlar jamoatchilik maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarni tashvishga solayotgan dolzarb masalalar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish mexanizmlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ul mutasaddilar tomonidan tezkor ko‘rib chiqish va hal etish maqsadida qayd etildi.